Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun oʻquv-amaliy seminar oʻz ishini boshladi
Bugun Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun oʻquv-amaliy seminar oʻz ishini boshladi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Mazkur oʻquv-amaliy seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining matbuot xizmatlari rahbarlari, shuningdek, soha boʻyicha mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Seminar doirasida axborot siyosati va kommunikatsiya jarayonlarini samarali tashkil etish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, feyk xabarlar va axborot xurujlariga qarshi turish, inqirozli kommunikatsiyani tashkil etish hamda zamonaviy PR texnologiyalari, raqamli media va sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, sifatli kontent yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tadbir ochilishida mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar matbuot kotiblarining maqomi va masʼuliyatini sezilarli darajada oshirgani, faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratganini taʼkidlab, shu bilan birga, sohada hali tizimli kamchiliklar saqlanib qolayotganini, ishda yetarli darajada tezkorlik, tahliliy yondashuv va kreativlik yetishmayotganini qayd etdi.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan doimiy hamkorlikda ishlash, har qanday vaziyatda ularning savollariga ochiq boʻlish va oʻz vaqtida ularga javob qaytarish birinchi darajadagi vazifa boʻlishi lozimligini alohida taʼkidlandi.
“Hamkasblarimni faol va tashabbuskor boʻlishga, doimiy ravishda bilim va koʻnikmalarini oshirib borishga, masʼuliyat, ogohlik va yuqori professionallikni namoyon etishga, zamonaviy texnologiyalar asosida va ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishga chaqiraman. Ishonchim komilki, bu oʻquv-amaliy seminar axborot xizmatlari rahbarlari uchun tajriba almashish, malaka oshirish va faoliyatni yangi bosqichga koʻtarishda muhim maydon boʻlib xizmat qiladi”, — deyiladi Sherzod Asadovning tadbir ochilishidagi nutqida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring