Mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash yoʻlida

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida 909 ta mahalla mavjud boʻlib, ichki ishlar idoralari tomonidan manzillarni xavfsiz hududga aylantirish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosidagi saʼy-harakatlar oʻz samarasi bermoqda.
— Viloyatdagi mahallalardan 118 tasi “qizil”, 486 tasi “sariq” toifaga kiritilgan, — deydi viloyat IIB xodimi Sherzodbek Nuriddinov. — Ushbu hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilmasligi uchun har bir fuqaro bilan yakka tartibda tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilmoqda. Buning uchun 1163 nafar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoatchilik vakillari jalb etilgan boʻlib, ular tomonidan qonunbuzarlikni keltirib chiqaruvchi sabablar oʻrganilyapti. Tahlil natijalariga koʻra aholiga zaruriy koʻmak koʻrsatilmoqda. Bundan tashqari, viloyatdagi 94 ta mahallada avto, otliq va piyoda patrul yoʻnalishlari tashkil etilgan. Ular tomonidan nazorat harakatlari kecha-yu kunduz amalga oshirilmoqda. Asaka, Shahrixon, Qoʻrgʻontepa va Paxtaobod tumanlarida esa hududlararo post patrul xizmati joriy etilgan, ularda 80 nafar masʼullar faoliyat olib boradi. Bu kabi saʼy-harakatlar mahallalarni xavfsiz hududga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Viloyatda bu boradagi ishlar koʻlamini yanada kengaytirish yuzasidan doimiy nazorat va puxta rejalar ishlab chiqilgan. Zero, mavjud mahallalarning 33,5 foizida jinoyat sodir etilmagan boʻlsada, qolgan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar salmogʻini yanada oshirish talab etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring