Mahallalar masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–1-son, 05.01.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Qarorga koʻra, mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha samarali tizimni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan manzilli ishlarni tashkil etish maqsadida 2026-yilda hududlar masʼul rahbarlar va muassasalarga quyidagi tartibda nomma-nom biriktiriladi:
- kriminogen vaziyati ogʻir mahallalar – tuman (shahar) hokimlari, prokurorlari hamda ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlariga;
- 5-yildan buyon “qizil” toifada boʻlayotgan mahallalar – Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, viloyat darajasidagi ichki ishlar organlari rahbarlarining va hokimlarning oʻrinbosarlariga;
- 3-yildan buyon “qizil” toifada qolayotgan mahallalar – huquq-tartibot idoralarining taʼlim va ilmiy tashkilotlariga;
- kriminogen vaziyati eng ogʻir tuman va shaharlar – viloyatlar darajasidagi prokurorlarning va ichki ishlar organlari rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlariga;
- ayollar jinoyatchiligi, spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qoʻygan shaxslar jinoyatchiligi hamda nizoli oilalar salmogʻi eng yuqori boʻlgan mahallalar – tegishincha viloyatlar darajasidagi oila va xotin-qizlar, sogʻliqni saqlash hamda adliya boshqarmalari boshliqlariga.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring