Magistraturada oʻqiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli toʻlab beriladi
Foto: Arxiv surat
2022-yil 7-mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini davlat byudjetidan qoplab berilishi belgilangandi. Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilingan va oʻqiyotgan xotin-qizlarga bazaviy toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari toʻliq toʻlab beriladi.
Buning uchun talabgorlar oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktyabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi. 15-sentyabrdan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi va toʻlov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.
Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:
— Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
— Bosh prokuratura Akademiyasi;
— Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
— Bank-moliya akademiyasi.
Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning Oʻzbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring