Magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim uchun xorijiy tilni bilish sertifikati talab etiladi
Farmonga muvofiq, magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:
— xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha – kamida S1 darajasida;
— gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha – kamida V2 darajasida;
— boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) boʻyicha – kamida V1 darajasida.
2024-yil yakunigacha oʻz ahamiyatini yoʻqotib boradigan hamda yangi paydo boʻladigan kasblar (lavozimlar) roʻyxati, ularga qoʻyiladigan malaka talablar va kompetensiyalar shakllantiriladi.
2025-yil 1-maygacha jamlangan maʼlumotlar asosida “Oʻzbekiston yangi kasblar atlasi” elektron platformasi yaratiladi hamda har yili yangilab boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring