Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilindimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilingani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, 2025-yil 19-iyuldagi PF–114-sonli Prezident Farmoni notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Mazkur Prezident Farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilgan va baʼzilarining ayrim bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli Qarorning 6-bandi toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlangan. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.
Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til boʻyicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas. Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli Prezident Farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:
- xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;
- gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;
- boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.
Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatib, bu borada tarqalayotgan notoʻgʻri talqinlarga eʼtibor bermaslikni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring