Magistratura uchun qoʻshimcha qabul eʼlon qilindi
Oʻzbekistonda 2025/2026 oʻquv yili magistratura uchun qoʻshimcha qabul ochildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy oʻquv yili uchun magistratura bosqichiga qabul natijalari tasdiqlandi va oliy taʼlim tashkilotlariga yetkazilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, belgilangan kvota doirasida oʻqishga kira olmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha qabul imkoniyati mavjud.
Bunda oliygohlarning quvvati, moddiy-texnik bazasi va professor-oʻqituvchilar tarkibi inobatga olinadi. Qoʻshimcha qabul parametrlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qoʻshimcha qabulda ishtirok etishni istagan talabgorlar zarur maʼlumotlarni olish uchun oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi yoki magistratura boʻlimiga murojaat qilishlari mumkin.
Eslatilishicha, davlat OTMlari magistraturasiga qoʻshimcha qabul asosida oʻqishga qabul qilingan abituriyentlarning toʻlov-kontrakt summasi bir talabaga toʻgʻri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliygoh tomonidan mustaqil belgilanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring