Madrid shahrida Oʻzbekiston–Ispaniya biznes-forumi oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ispaniya Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik masalalari boʻyicha vaziri Xose Manuel Albares Bueno janoblari bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chogʻida Yaqin Sharqdagi keskinlashib borayotgan vaziyat yuzasidan fikr almashilib, xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya etish, keskinlikni pasaytirish va muloqot barqaror tinchlikka erishishning yagona maqbul yoʻli ekani taʼkidlandi.
Shuningdek, muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanish masalalari ham muhokama qilindi.
“Madrid shahrida boʻlajak Oʻzbekiston–Ispaniya biznes-forumini mamnuniyat bilan qayd etdik hamda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni kengaytirishga oʻzaro manfaatdor ekanimizni tasdiqladik”, — deydi Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring