Madaniyat vazirligi shahar hokimligidan Toshkent kurantlariga oʻrnatilgan bezaklarni olib tashlashni talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent kuranti” arxitektura yodgorligiga qoʻshimcha elementlar oʻrnatilgani suratlari tarqaldi va muhokamalarga sabab boʻldi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmatining “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur koʻchasi manzilida joylashgan “Toshkent kuranti” madaniy meros obʼyekti davlat muhofazasiga olingan.
Kurantlarni dekorativ bezash ishlari Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining ruxsatisiz amalga oshirilgan.
Shu bois Madaniy meros departamenti Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish Departamentidan madaniy meros obʼyektiga oʻrnatilgan elementlarni zudlik bilan olib tashlashni soʻragan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring