Madaniyat vaziri parlament soʻroviga javob berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan mamlakatimiz hududidagi madaniy meros obyektlarini YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga va Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash, bu borada xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida parlament soʻrovi yuborilgan edi.
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O. Nazarbekovning mazkur parlament soʻroviga javobi koʻrib chiqildi.
Ayni paytda YUNESKO Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga Oʻzbekistondagi 4 ta meʼmoriy majmua, yaʼni Xiva, Buxoro, Samarqand va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari kiritilgan. YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga esa 8 ta obyekt, yaʼni Boysun madaniy makoni, Shoshmaqom mumtoz musiqasi, Katta ashula, Askiya sanʼati, Navroʻz, Palov madaniyati va anʼanalari, Margʻilon hunarmandchilikni rivojlantirish markazi va Xorazm raqsi kiritilgan. Ammo oʻzbek xalqining boy oʻtmishiga oid koʻplab moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari mazkur roʻyxatlarga kiritilmagan. Ularni ham ushbu roʻyxatga kiritish masalasini atroflicha koʻrib chiqish zarur. Albatta, ularni ham YUNESKO roʻyxatlariga kiritish mamlakatimiz uchun juda dolzarb ahamiyatga ega. Bu birinchidan, Oʻzbekistonning boy tarixini jahon hamjamiyati tomonidan yana-da kengroq eʼtirof etilishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan ushbu obyektlarning xalqaro miqyosda muhofaza qilinishiga erishiladi.
Madaniyat vaziri parlament aʼzolari tomonidan madaniy meros, moddiy va nomoddiy obyektlari boʻyicha oʻrtaga qoʻyilgan 3 ta asosiy masala xususida hisobot berarkan, avvalo, ilk masala YUNESKO roʻyxatlariga kiritishga tavsiya etilishi mumkin boʻlgan, 2030-yilga qadar boʻlgan manzilli roʻyxatni shakllantirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga toʻxtaldi.
Shuningdek, mamlakatimiz hududidagi madaniy meros obyektlarini ham mazkur roʻyxatlarga kiritish boʻyicha qilinayotgan amaliy ishlar hamda uchinchi masala – yurtimizdagi madaniy meros obyektlarini ushbu roʻyxatlarga kiritish uchun takliflar tayyorlashda YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan, Markaziy Osiydagi qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha bajarilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha hisobot berdi.
Madaniyat vazirligining parlament soʻrovi yuzasidan bergan hisobotida YUNESKO roʻyxatiga kiritish uchun nomzod nomlar tayyorlanayotgani boy tariximizga boʻlgan yuksak hurmatning ifodasidir.
Dilbar USMONOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Xalqaro ishlar va parlametlararo
aloqalar qoʻmitasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring