Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi

Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali bayram kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda “Turksoy” xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev, dunyoga mashhur fransuz dirijyori Natali Maren va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi.
Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishga, soha xodimlariga qulay shart-sharoitlar yaratishga va ularning xizmatlarini munosib baholashga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Azaldan sanʼat va madaniyat insonlarni doimo ezgulikka, xayrli ishlarga yetaklab kelgan. Zero, jamiyat taraqqiyotida, koʻp millatli xalqimizning maʼnaviy olamini boyitishda, ayniqsa, yurtimizni dunyoga tanitishda madaniyat va sanʼatning tutgan oʻrni alohida hisoblanadi.
Tantanali tadbir davomida “Turksoy” xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti xodimlari, yurtimizning bir qator soha fidoyilariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan mukofotlar topshirildi. Qoraqalpogʻistonlik soha xodimlari “Turksoy” xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining medali bilan taqdirlandi.
Isteʼdodli xonadalar va sanʼatkorlarning chiqishlari bayramga oʻzgacha zavq bagʻishladi. Shu tariqa Madaniyat va sanʼat xodimlari kuniga bagʻishlangan tadbir Nukus shahrida koʻtarinki ruhda keng nishonlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring