Madaniyat Polsha va Oʻzbekistonni birlashtiradi
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida Oʻzbekiston va Polshani birlashtiruvchi madaniyat masalalariga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Gulnora Marufova ishtirok etdi.
Senator oʻz chiqishida mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, ijodkorlar uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirishga davlatimiz tomonidan katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Oʻzbekistonning Polsha bilan yoʻlga qoʻyilgan samarali hamkorligi mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yorqin namunasi ekani qayd etildi.
Konferensiyada Oʻzbekiston va Polsha oʻrtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, ijodiy almashinuv dasturlarini kengaytirish hamda madaniyat sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring