“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi holati tahlil etildi
Joriy yilning 15-dekabr kuni Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning Buxoro viloyatida ijro etilishi holati muhokama etildi.
Mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining kun tartibidagi masala yuzasidan axborotlari eshitildi.
Soʻzga chiqqanlar oʻz chiqishlarida ushbu sohada muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etdi. Xususan, Buxoro viloyatida 829 ta obyekt moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Ularning kadastr hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilgan va davlat kadastrlari yagona elektron tizimiga joylashtirilgan. Shuningdek, barcha obyektlarga muhofaza belgilari oʻrnatilgan.
Viloyatdagi 57 ta madaniy meros obyektini restavratsiya va taʼmirlash-tiklash ishlari uchun respublika byudjeti hisobidan 2023-yilda 22,7 mlrd soʻm, 2024-yilda 42 mlrd soʻm ajratilgan.
Shuningdek, Xalqaro zamonaviy sanʼat biyennalesi oʻtkazilgan madaniy meros obyektlarini taʼmirlash-tiklash ishlariga qoʻshimcha ravishda 89,7 mlrd soʻm yoʻnaltirilgan.
Davlat hisobiga olish maqsadida 72 ta yangi madaniy meros obyekti toʻgʻrisida tarixiy madaniy ekspertiza xulosalari tayyorlanib, Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan.
Oʻtgan yilda Buxoro shahrida Oʻzbek-italyan restavratsiya oʻquv markazi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻrganish davomida viloyatda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasida olib borilgan ishlar bilan bir qatorda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan masalalar borligi aniqlandi.
Jumladan, 12 ta obyekt avariya holatida va 13 ta obyektda mukammal taʼmirlash ishlari olib borilishi lozim.
Buxoro tarixiy markazi va uning himoya zonasida joriy yil davomida madaniy meros obyektlari bilan bogʻliq 92 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan.
Bundan tashqari, aholi arxeologiya obyektlarining 156 tasidan (54%) qabriston sifatida foydalanib, 9 ta holatda obyektning muhofaza hududida noqonuniy qurilmalar joylashtirilgani maʼlum boʻldi.
“Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 26-moddasida tashqi reklamani moddiy madaniy meros obyektlariga oʻrnatish taqiqlanishi belgilangan boʻlsada, 20 ta obyektga tashqi reklama noqonuniy oʻrnatilgan.
Madaniy meros obyektlarida tashrif buyuruvchilar uchun qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida tegishli yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish ishlari yakuniga yetkazilmagan.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish boʻyicha biriktirilgan jamoatchi inspektorlarning faoliyati samarali tashkil etilmagani taʼkidlandi.
Shuningdek, muhokama jarayonida Oʻzbekistonda ayrim oliy taʼlim tashkilotlarida moddiy madaniy merosni muhofaza qilishga oid mutaxassisliklar mavjud boʻlsada, restavratsiyaning maxsus – amaliyotga yoʻnaltirilgan mutaxassislarini tayyorlash hali yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmagani, bu yoʻnalishda kadrlar yetishmasligi qayd etildi.
Bundan tashqari, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunni maʼmuriy islohotlar talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurati mavjudligi ham bildirildi.
Muhokama yakunlari boʻyicha Qoʻmitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring