Los-Anjeles yaqinida yana bir kuchli oʻrmon yongʻini boshlandi

22-yanvar, chorshanba kuni Los-Anjeles shimolida sodir boʻlgan yangi oʻrmon yongʻini tezda 38 kvadrat kilometrdan koʻproq maydonga tarqaldi. Bu haqda 23-yanvar kuni “Reuters” agentligi xabar berdi.
“Oʻt atigi bir necha soat ichida Los-Anjelesning Iton tumanini kulga aylantirgan dahshatli yongʻinning uchdan ikki qismi darajasida kattalashdi”, deyiladi xabarda.
Kuchli shamol hamda qurigan oʻsimliklar koʻpligi sababli yongʻin juda tez tarqalmoqda. “31 ming kishi xavfsiz joyga koʻchiriladi, yana 23 ming kishi evakuatsiya qilinishi haqida ogohlantirildi”, — dedi Los-Anjeles okrug sherifi Robert Luna.
Kaliforniya oʻrmon xoʻjaligi va yongʻindan himoya qilish departamenti maʼlumotlariga koʻra, qizil bayroqli ogohlantirish natijasida, 1100 ga yaqin oʻt oʻchiruvchilar janubiy Kaliforniya boʻylab safarbar qilingan.
Ushbu hududda toʻqqiz oy davomida sezilarli darajada yomgʻir yogʻmadi va bu yongʻinlar kelib chiqishi uchun qulay sharoit yaratgan.
Eslatib oʻtamiz, Los-Anjeles tarixida eng talafotli deyilgan avvalroq yuz bergan yongʻinlar oqibatida 24 kishi halok boʻlgan hamda 16 kishi bedarak yoʻqolgan edi. Ofat natijasida hududga 250-275 milliard AQSH dollari atrofida zarar yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring