London, Mayami, Rim, Madrid yoki Parij

19:17 03 Mart 2026 Sport
905 0

“Finalissima” oldindan belgilangan muddatda boʻlib oʻtadi. Bu haqda “Foot Mercato” nashri xabar berdi.

Yaxshi bilasiz, Yevropa va Janubiy Amerika mintaqasi gʻoliblari har 4-yilda “Finalissima” oltin kubogi uchun bellashuvda ishtirok etishadi.

Bu yilgi “Finalissima” uchun oʻyin Qatar poytaxti Doxa shahrida 27-mart sanasida boʻlib oʻtishi kerak edi. Ammo, fors koʻrfazida boʻlayotgan notinchliklar sabab Qatar bu oʻyinga mezbonlik qila olmasligi mumkin.

Shundan kelib chiqqan holda tashkilotchilar “Finalissima”ni oʻtkazish uchun boshqa manzil qidirishni boshlashdi.

“Hozirda UEFA va KONKAKAF bir necha yangi manzillarni koʻrib chiqmoqda. Ular orasida Parij, Rim, Madrid, London va Mayamilar bor“, — deyiladi manba xabarida.

Maʼlumot uchun, oldinroq Qatar futbol assotsiatsiyasi oʻzi oʻtkazayotgan turnirlarni vaqtinchalik toʻxtatib turishini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер