Lolaxon Murotova: “Paxtachilik tarmogʻidan oladigan daromadimiz uch milliard soʻmdan oshadi”

16:30 08 Oktyabr 2021 Jamiyat
788 0

Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi

Oltiariqlik mashhur fermer, Oʻzbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova boshchiligidagi “Nurli obod” fermer xoʻjaligi aʼzolari joriy dehqonchilik yilida ham moʻl va sifatli hosil yetishtirdi. Jumladan, 63 gektar yerdan qariyb 300 tonna paxta xirmoni bunyod etdi. Har gektar yerdan olingan hosildorlik 40 senterni tashkil etdi.

– Dalalarimiz hali ham oppoq,- deydi Lolaxon Murotova. – Hisob-kitobimizga koʻra, paxtachilik tarmogʻining oʻzidan oladigan daromadimiz uch milliard soʻmdan oshadi. Daromadimizga zamonaviy texnikalar xarid qilish, qoʻshimcha tarmoqlarni rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratishni rejalashtiryapmiz.

Hozirgi kunga qadar viloyatda 1500 dan ortiq fermer xoʻjaliklari paxta-toʻqimachilik klasterlari bilan imzolangan shartnoma rejasini uddaladi. Bu borada Rishton, Yozyovon, Toshloq, Oʻzbekiston va Bagʻdod tumanlari fermerlari faollik koʻrsatmoqda.

Ayni kunlarda 1500 ta terim otryadiga ixtiyoriy ravishda uyushgan 150 ming nafardan ortiq tashabbuskor terimchilar yigʻim-terim mavsumini bir maromda davom ettirayotir.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?