Livan poytaxti aholisi ommaviy ravishda shaharni tark etmoqda
Livan poytaxti aholisi havo hujumlaridan soʻng ommaviy ravishda shaharni tark etmoqda. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, AQSH va Isroilning Eronga qarshi hujumlari boshlanganidan soʻng, Livandagi “Hizbulloh” guruhi ushbu mojaroga aralashib, Isroilga qarshi raketa hujumlarini boshlagan.
Bunga javoban Isroil kuchli havo zarbalari bergan hamda Bayrutning janubiy chekkalari va “Hizbulloh”ning asosiy tayanch nuqtalari joylashgan janubiy Livan aholisini evakuatsiya qilishga chaqirgan. Livanliklar bu chaqiriqqa amal qilib, ommaviy ravishda oʻz uylarini tark etishmoqda.
“Livan boʻylab yuz minglab odamlar uylarini tashlab ketishga majbur boʻldi. Janglar kuchayib borayotgani, Bayrut, janubiy Livan va Bekaa vodiysidagi butun mahallalarni evakuatsiya qilish buyruqlari aholi orasida vahima va sarosimaga sabab boʻldi”, — deydi Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasining Yaqin Sharq boʻyicha vakili Hoshim Osseyran.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring