Livan hududidan Isroilga 10 ta raketa otildi

00:25 30 Oktyabr 2023 Dunyo
375 0

Foto: Reuters

Livan hududidan Isroilga 10 ta raketa otilganidan keyin Isroil mudofaa kuchlari javob zarbasi berganini xabar qilinmoqda. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati maʼlum qildi.

Isroil harbiylari Livan chegarasiga tutash hududda havo hujumi haqida ogohlantirgan. Shundan soʻng, matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, Livan hududidan Isroil hududiga 10-marta raketa uchirilgan. Isroil mudofaa kuchlari bunga javob qaytargan.

Avvalroq, Livanning “Hizbulloh” harakati Livan chegarasi yaqinida isroillik piyoda askarlarini oʻqqa tutgani haqida xabarlar qilgandi. “Hizbulloh” tomonidan maʼlum qilinishicha, harakat jangchilari Al-Malikiya hududi yaqinida isroillik piyoda askarlarini aniqlagan.

Shu bilan birga, Livan hukumati “Hizbulloh” harakati rahbariyati bilan Falastin — Isroil mojarosida ishtirok etishga yoʻl qoʻyilmaslik borasida muzokaralar olib borayotgani maʼlum boʻldi. Rasmiylar Gʻazoda quruqlikdagi operatsiya boshlanishi “Hizbulloh” aʼzolarining Isroil armiyasi bilan keng koʻlamli jangovar harakatlarga olib kelishidan xavotirda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер