Litva rus maktablaridan voz kechadi
Foto: РИА Новости
Litva taʼlim, fan va sport vaziri Gintautas Yakshtas mamlakat maktablarida rus tili oʻqitilishidan voz kechilishini maʼlum qildi.
Rasmiyga koʻra, mamlakat Latviya va Estoniyadan oʻrnak olib, rus tilidagi maktablardan voz kechib, rus tilini chet tili sifatida oʻrgatish oʻrniga Yevropa Ittifoqi va doʻst mamlakatlar tillariga eʼtibor qaratishi kerak. U shu oʻrinda ukrain tili oʻrgatilishini joriy etishni misol tariqasida keltirdi.
Bir necha hafta ichida vazirlik rus maktablarini litva tilida taʼlimga oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlamoqchi. Mamlakatda bunday maktablar soni 50 dan oshmaydi.
Bungacha Litva bosh vaziri mamlakat maktablarida rus tilini polyak tiliga almashtirishga chaqirgan edi. Siyosatchining soʻzlariga koʻra, Litvada polyak maktablari bor ekan, rus tili oʻrniga polyak tilini ikkinchi tilga aylantirish qiyin emas. Oʻquvchilar soni kamaygani sababli, ushbu maktablarning oʻqituvchilari Litva maktablarida polyak tilidan dars berishlari mumkin boʻladi.
Oldinroq, Litvada Gorkiy nomidagi maktab nomi oʻzgartirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring