Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari takomillashtirilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Senatning to‘qqizinchi yalpi majlisida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Majlisda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizmni va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etilayotgani, shu jumladan aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil ravishda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirilayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, senatorlar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari talablari buzilganidan keyin huquqbuzar tomonidan jarima ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdoriga nisbatan imtiyoz qo‘llash amaliyotini joriy etish zarurati yuzaga kelayotganligiga alohida urg‘u berdi.

Xuddi shunday jarima solish to‘g‘risidagi qarorlarni maxsus elektron tizim vositasida rasmiylashtirish, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan chet el yuridik shaxslari tomonidan amalga oshirish borasida ayrim ochiq qolgan masalalarni huquqiy jihatdan tartibga solish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi, “Davlat boji to‘g‘risida”gi, “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Eksport nazorati to‘g‘risida”gi va “Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Bojxona kodekslariga litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini soddalashtirishga, huquqbuzar tomonidan jarima ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda unga nisbatan imtiyozlar qo‘llanilishini, lisenziyalash tartib-taomillari davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yalpi majlis davomida Qonun qizg‘in muhokama qilinib, uning kelgusida tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish orqali tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda qulay shart-sharoitlar ta’minlashga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi yuzasidan fikrlar bildirildi.
Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.







Foto: Akmal Muhammadov, Davronbek Ernazarov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring