“Lazzatli Surxon” xalqaro festivali oʻtkaziladi
Surxon vohasining boy gastronomik turizm salohiyatini namoyish etish, milliy pazandachilik anʼanalarini keng targʻib qilish va viloyatga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Boysun tumanidagi “Boysun bahori” turizm majmuasida joriy yilning 31-oktyabr kuni “Lazzatli Surxon” xalqaro festivali tashkil etiladi.
Festival dasturida turli hududlar va Termiz shahri pavilyonlarida milliy taomlar namoyishi, hunarmandchilik mahsulotlari va suvenirlar koʻrgazmasi, “uzum sayli”, “olma sayli”, “anor sayli” kabi anʼanaviy bayram tadbirlari hamda milliy etnik oʻyinlar va musobaqalar oʻtkaziladi.
— Festivalda eng mahoratli oshpazlar va hududlardan vakillar ishtirok etib, “Eng yaxshi milliy taom”, “Eng yaxshi oshpaz” hamda “Eng faol hudud” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi, — deydi Boysun tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Yunus Xoliyorov. — Gʻolib va faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Mazali taomlar, milliy anʼanalar, musiqa va shodlik uygʻunlashgan “Lazzatli Surxon” xalqaro festivaliga barcha viloyat ahli va mehmonlar taklif etilmoqda.
Ushbu festival Surxondaryoning boy madaniy va gastronomik salohiyatini namoyish etish bilan birga, mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari va milliy taomlarni keng targʻib qilishga, shuningdek, turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring