Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubi bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qildi

15:17 11 Iyun 2024 Sport
1058 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston U17 jamoasi sardori Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubi shartnoma imzolagan. U bu haqda “Chempionat Asia” saytiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Leganes” oʻtgan mavsumda Segunda chempionligiga erishib, La Ligaga qaytishga erishdi.

1928-yilda tashkil etilgan “Leganes” klubini ayni paytda ispaniyalik murabbiy Borxa Ximenes boshqarib bormoqda. Klub 2016-2020-yillarda La ligada ishtirok etgan va keyin Segundaga tushib ketgandi.

Mirzayev 2024-yil oktyabr oyidagina “Leganes”ning asosiy tarkibida dubyut qila oladi. Amaldagi tartibga koʻra, klub futbolchini rasman 18 yoshga toʻlganidan keyingina asosiy tarkibga roʻyxatdan oʻtkazishi mumkin boʻladi.

Lazizbek U-17 terma jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi yorqin oʻyinlari sababli koʻplab skautlar nazariga tushgan edi.

Maʼlumot uchun aytish joizki, na “Leganes”, na Mirzayevning shaxsiy sahifasida shartnoma imzolangani haqida axborot yoʻq

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер