Laziz Kudratov BAA Iqtisodiyot vazirligi hamda Energetika va infratuzilma vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi Oʻzbekiston Ishchi guruhi Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib turmoqda. Tashrifning birinchi kuni doirasida BAA Iqtisodiyot vazirligi hamda Energetika va infratuzilma vazirligi rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar oʻtkazildi.
Xususan, Iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Tuk al-Marri bilan oʻtkazilgan muloqotda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
BAA yangi xususiy kompaniyalarining Oʻzbekiston bozoriga kirishga qiziqayotganligi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, kimyo, kon-metallurgiya va toʻqimachilik sanoati eng istiqbolli yoʻnalishlar sifatida tilga olindi.
Turizm, kimyo, qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqa sohalardagi kompaniyalarning davlat ulushini sotib olishni nazarda tutgan holda, BAA kompaniyalarining Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.
Joriy yilning may oyida Samarqand shahrida Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-BAA Hukumatlararo komissiyasining 5-yigʻilishini hamda qoʻshma biznes-forumni tashkil etish masalasi kelishib olindi.
Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl Muhammad al-Mazrui bilan muloqot chogʻida Oʻzbekiston energetika sohasi va infratuzilmasini rivojlantirish yoʻnalishlarida ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
BAA tomoni Oʻzbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi hamkorlik samarali va muvaffaqiyatli oʻzaro sheriklikning amaliy namunasi ekanini alohida taʼkidladi.
Muzokaralar aniq investitsiya loyihalari taqdimotini oʻtkazish, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish boʻyicha navbatdagi tadbirlarni belgilash imkonini berdi hamda tomonlarning keng koʻlamli sohalarda aloqalarni rivojlantirishga boʻlgan intilishlarini aks ettirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring