Lavozimidan ozod etilgan va intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyalar maʼlum qilindi
2022-yilning oʻtgan davrida toʻrt nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga koʻra, ularning uch nafari oʻz arizasiga koʻra, bir nafari sudyalik qasamyodini buzgani sababli lavozimidan ozod etilgan.
Bundan tashqari, joriy yilning 4-fevral kuni poytaxt sudlarida faoliyat koʻrsatayotgan X. Parpiyev (jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudining sudyasi), A. Mengliyev (fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi), I. Rajabov, N. Hamidov, O. Gulyamova, O. Ismoliov (Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalari), I. Sabirov (jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining raisi), Z. Bobonov (jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudining raisi ), J. Najimov (jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudining sudyasi) masʼuliyatsizligi va yoʻl qoʻygan xato-kamchiliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring