La Liga. “Barselona“ irodali gʻalabaga erishdi
Kecha, 25-sentyabr kuni Ispaniya La Ligasi 6-turidan oʻrin olgan oʻyinlar davom ettirildi. Kun doirasida boʻlib oʻtgan bahsda “Barselona“ “Real Oviyedo“ mehmoni boʻldi.
Uchrashuv 1:3 hisobida mehmonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 33-daqiqa “Real Oviyedo“ futbolchisi Reyna tomonidan ochildi. 54-daqiqada Erik Garsiya hisobni tenglashtirdi.
70-daqiqada Robert Levandovski jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 86-daqiqada “kataloniyaliklar“ himoyachisi Arauxo jamoasining uchinchi golini kiritdi. Yakuniy hisob 1:3.
Shu tariqa 6 ta oʻyinda 5 gʻalaba va 1 durang qayd etgan “Barselona“ 16 ochko jamgʻargan holda La Liga turnir jadvalida 2-oʻrinni egallab turibdi.
25-sentyabr, La Liga. 6-tur:
“Real Oviyedo“ — “Barselona“ 1:3
Stadion — “Nuevo Karlos Tartiyer“.
Gollar: Reyna (33) — Erik Garsiya (54), Levandovski (70), Arauxo (86).
“Real Oviyedo“: Eskandel, Alhasan, Reyna (Brekalo, 76), Bayo, Ayxadjo, Dendonker (Kolombatto, 89), Karmu, Kasorla (Ilich, 65), Rondon, Hasan (Sibo, 65), Chaira (Fores, 75).
“Barselona“: Joan Garsiya, Arauxo, Erik Garsiya, Martin, Kubarsi, Kasado (De Yong, 46), Olmo, Pedri (Bernal, 90+1), Rafinya (Levandovski, 65), Reshford (Kristensen, 90+1), Ferran.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring