“Kvarts”ning qariyb 90 foiz aksiyalari 265 mlrd soʻmga sotildi

13:38 13 Fevral 2023 Iqtisodiyot
1021 0

Foto: Arxiv surat

“Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyati “Kvarts” AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini 265 mlrd soʻmga sotib oldi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining maʼlum qilishicha, “Quvasoysement”ga “Kvarts” korxonasining 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit majburiyatlarini toʻliq qoplash yuklatilgan.

“Kvarts” AJ aksiya paketini xususiylashtirish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер