Kutubxonalarga yangi kitoblar tuhfa qilindi

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Bugungi kunda Andijon viloyatida oʻndan ortiq davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Ularning har biri zamonaviy kutubxonaga ega boʻlib, nafaqat fan yoʻnalishidagi, balki badiiy adabiyot namunalari bilan ham boyitilgan. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati tomonidan oliy taʼlim muassasalari kutubxonalariga yuzlab kitoblar sovgʻa qilingani ham eʼtiborga molik.
— Kutubxonamizda 24 mingdan ortiq kitoblar mavjud, — deydi Andijon davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi rahbari Sadoqatxon Murodova. — Shuningdek, 5982 nomdagi elektron nashrlar toʻplamiga ega. Bugungi kunda 5124 nafar foydalanuvchilarga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqdamiz. Buning uchun zamonaviy kutubxona binosida barcha sharoitlar yaratilgan. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati tomonidan taqdim etilgan kitoblar talaba va ustozlarga manzur boʻldi. Bu tashabbus foydalanuvchilarning bilimini oshirishga ham xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring