“Kutishdan maʼno yoʻq” — Tramp Rossiyaga yangi ultimatum qoʻydi

15:31 29 Iyul 2025 Dunyo
196 0

Foto: AP

Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning Ukrainadagi kelishuv muddatini qisqartirish haqidagi yangi ultimatumi bilan tanish va uni maʼlumot sifatida qabul qilgan. Bu fikrni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib oʻtdi.

“Biz prezident Trampning kechagi ultimatumini maʼlumot sifatida qabul qildik”, — deydi siyosatchi.

Kreml vakili Amerika rahbarining bayonotlariga har qanday baho berishdan qochishni qoʻshimcha qildi. Shu bilan birga, u Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiya doirasida oʻz manfaatlarini himoya qilishda davom etishini, biroq ayni paytda mojaroni tinch yoʻl bilan hal etishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Shu yilning 14-iyul kuni Tramp agar 50 kun ichida Ukraina boʻyicha tinchlik kelishuviga erishilmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga 100 foizlik bojlar joriy etishga vaʼda bergan edi.

Kecha, 28-iyul kuni AQSH prezidenti Rossiyaning Ukraina boʻyicha kelishuvga erishish muddatini 10-12 kungacha qisqartirayotganini maʼlum qildi.

“Kutishdan maʼno yoʻq. Biz bu borada hech qanday taraqqiyotni koʻrmayapmiz”, — deya izoh berdi oq uy rahbari oʻz qarorini.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?