“Kursk uchun qasos”: Rossiya dahshatli hujumga tayyorlanyaptimi (foto maqola)
Foto: Wall Street Journal
AQSH rasmiylariga koʻra, Rossiya Ukrainaning Rossiya hududiga hujumiga javob berish uchun oʻz harbiy kuchlarining bir qismini Ukrainadan olib chiqmoqda. Bu Moskvaning oʻz hujum strategiyasini oʻzgartirishga majbur qilgan birinchi voqeadir.
“Wall Street Journal” nashrining yozishicha, Ukrainaning Rossiyaning Kursk viloyatiga uyushtirgan hujumidan soʻng rus qoʻshinlari kattaroq hujumga tayyorgarlik koʻrish uchun qisman chekingan. AQSH rasmiylariga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz harbiylariga Ukraina qoʻshinlarini ortga qaytarishni buyurgan, biroq hozircha Moskva kuchli javob zarbasini berishdagi tashkiliy ishlarni rejalashtirishda qiynalmoqda.

Ukraina oliy harbiy qoʻmondoni, general-polkovnik Aleksandr Sыrskiyning maʼlum qilishicha, Ukraina kuchlari Rossiyaning 74 ta shaharcha va qishloqlarini nazorat ostiga olgan. Kiyev ushbu amaliyotdan maqsad Rossiya Ukrainaga qarshi urush olib borishda foydalanayotgan logistika va infratuzilmani buzish ekanligini aytgan.

Ukrainaning Kurskka kirishiga javoban, Rossiya ushbu viloyati mudofaasini qayta toʻplash va mustahkamlashni boshladi. Vladimir Zelenskiy esa oʻz askarlarining saʼy-harakatlarini yuqori baholab, ular Ukraina mustaqilligini himoya qilishda jasorat koʻrsatganini bildirgan.

Tahlilchilarning ogohlantirishicha, Ukraina taʼminot liniyalari choʻzilgan sari operatsiyani davom ettirish qiyinlashishi mumkin. Bu esa rus armiyasining oʻz harbiy qudratini qayta tiklab olishiga yordam berishi ham taxmin qilinmoqda.

“Rossiyaning reaksiyasi Ukraina pozitsiyalarini kuchli bombardimon qilishni oʻz ichiga oldi, ammo Ukraina qoʻshinlari oʻz pozitsiyalarini saqlab qolishi ham mumkin”, deb yozadi nashr oʻz maqolasida. Hozircha razvedka xizmatlari ikkala tomonning ham harakatlari yuzasidan aniq maʼlumotlarni taqdim etmagan.

Avvalroq, Entoni Blinken 20 milliard dollarlik qurol yetkazib berishga rozi boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring