Kuchli zilziladan soʻng Yaponiyadagi «Onagava» atom elektr stansiyasiga zarar yetgan — OAV
Foto: Reuters
Yaponiya shimoli-sharqida joylashgan «Onagava» atom elektr stansiyasi (AES) 20-mart kuni sodir boʻlgan zilzila tufayli zarar koʻrdi.
Bu haqda «Tohoku Electric Power» operatori maʼlum qildi. Kompaniya vakiliga koʻra, yer silkinishi oqibatida yadro yoqilgʻisi qoldiqlari saqlanadigan suv havzasiga kichik bir detal tushib ketgan. Yana bir nechta detallar yaqin atrofda topilgan.
Kompaniya bayonotiga koʻra, ushbu holat yadro yoqilgʻilari qoldiqlarini saqlashda salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.
Taʼkidlanishicha, zilziladan oldin «Onagava» AES birinchi reaktorini demontaj qilish ishlari olib borilgan, ikkinchi va uchinchi reaktorlar texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun yopilgan.
20-mart kuni Yaponiyada 7,2 balli zilzila sodir boʻldi. Zilzila taʼsiri shimoliy-sharqiy va sharqiy prefekturalar, jumladan Ivate, Ibaraki, Saytama, Fukusima va Tokioda ham sezilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring