Kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar
Toshkent viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha V. Iskandarov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan musobaqa yakunlandi.
Kattalar va yoshlar o‘rtasida uyushtirilgan mazkur musobaqada Surxondaryo viloyati sportchilari uchta oltin medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi.
Shu bilan birga, turnir davomida Jizzax viloyati jamoasi bittadan oltin va bronza, ikkita kumush medallariga ega chiqib, umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘ldi. Toshkent viloyati velosportchilari esa beshta bronza bilan kuchli uchlikdan joy oldi.
Musobaqa davomida Samarqand viloyati jamoasi ikkita bronza, poytaxt hamda Sirdaryo viloyati jamoalari bittadan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring