Kuala-Lumpur shahrida Oʻzbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi

09:20 05 Fevral 2025 Siyosat
186 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

5-fevral kuni Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbarini Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Oʻzbekiston Prezidenti faxriy qorovul safi oldidan oʻtdi. Soʻng ikki davlat yetakchilari rasmiy delegatsiyalar aʼzolari va diplomatik korpus vakillarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?