Kuala-Lumpur shahrida Malayziya—Oʻzbekiston biznes kengashi taʼsis etildi
Mamlakatimiz elchixonasida Malayziya—Oʻzbekiston biznes kengashining birinchi taʼsis majlisi boʻlib oʻtdi.
Mazkur Kengash alohida tashkilot sifatida Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimning shu yil may oyida Oʻzbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash va har ikkala mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va boshqa sohalardagi oʻzaro hamkorlikni yana rivojlantirishda malayziyalik va oʻzbekistonlik tadbirkorlarga yaqindan koʻmak berish maqsadida tuzildi va davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Tadbirda Kengash ijro qoʻmitasi rahbariyati va aʼzolari tayinlandi. Jumladan, Kengash raisi etib Malayziyaning “FIVE Petroleum” kompaniyasi bosh ijrochi direktori King Lim, vitse-prezident lavozimiga “KK Group” kompaniyasi rahbari Ki Kan Chay, bosh kotib vazifasiga ASEAN savdo-sanoat palatasi prezidenti Shaxadan Soxaymi nomzodlari tasdiqlandi.
Kengash ijro qoʻmitasi aʼzolari soni Malayziyadan 12 kishi boʻlib, unga oʻzaro loyihalarni amalga oshirish jarayonida yordam berish uchun oʻzbek tomonidan 12 ta yetakchi kompaniyalar vakillarini ham taklif qilish koʻzda tutilgan. Tashkilotga aʼzo kompaniyalar soni esa jami 100 dan ortiq boʻlishi kutilmoqda.
Yigʻilishda Kengash tomonidan joriy yil avgust sentyabr oylarida Malayziya ishbilarmon doira vakillarining Oʻzbekistonga safarini amalga oshirish va uning doirasida Xiva shahrida har ikkala mamlakat tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum oʻtkazish boʻyicha kelishib olindi. Malayziya tomoni ushbu tashrifga 30 ga yaqin kompaniyalarning ishtirokini taʼminlashga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Kengashning navbatdagi yigʻilishlaridan birini Malayziyadagi Oʻzbekiston bilan ishlaydigan sayyohlik kompaniyalari ishtirokida oʻtkazish va kelajak rejalarni belgilab olishga kelishildi.
Taʼsis yigʻilishi soʻnggida Malayziyaning “Al Global Corporation Sdn Bhd” va Samarqand viloyatining “Neyro Med Diagnostik Centre” MCHJ oʻrtasida ushbu viloyatdagi Tibbiyot kolleji negizida tibbiy uskuna va jihozlarni taʼmirlash boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan maxsus yoʻnalish ochish toʻgʻrisida anglashuv memorandumi imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring