Krishtianu Ronaldu yana bir rekord oʻrnatishga yaqin turibdi
Portugaliya terma jamoasining yetakchisi Krishtianu Ronaldu futbol boʻyicha joriy yil yozida Germaniyada boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatiga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines faxriy hujumchini 26 kishilik tarkibiga kiritdi. 39 yoshli futbolchi ilk bor 2004-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatida ishtirok etib, kumush medal sohibi boʻlgan edi. Shundan soʻng u yana besh marta qitʼa birinchiligida terma jamoasi sharafini himoya qildi va 2016-yil Fransiyada oʻtkazilgan musobaqada gʻoliblikka erishgan.
Bu galgi Yevropa chempionati uning uchun oltinchisi boʻlib, bu erkaklar oʻrtasidagi ishtiroklar ichida rekord hisoblanadi.
Portugaliya terma jamoasi Yevropa chempionatining saralash bosqichida oʻn oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi. Ushbu uchrashuvlarda jamoa raqiblar darvozasiga 36 ta gol kiritdi. Ronaldu saralashning 9 oʻyinida jamoasi sharafini himoya qilib, 10 ta golga mualliflik qildi.
Eslatib oʻtamiz, Yevropa chempionati shu yilning 14-iyun — 14-iyul kunlari Germaniya yashil maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Ayni paytda Ronaldu quyidagi rekordlar sohibi hisoblanadi:
- Yevrokuboklarda eng koʻp oʻynagan futbolchi — 197 ta oʻyin;
- Yevrokuboklarning eng yaxshi toʻpurari — 145 ta gol;
- Chempionlar ligasi toʻpurari — 140 gol;
- Bir mavsumdagi Chempionlar ligasida eng koʻp gol urgan futbolchi — 17 ta gol (2013/14);
- Chempionlar ligasining pley-off bosqichidagi eng koʻp gol muallifi — 67 ta gol;
- Chempionlar ligasi toʻpurari — 2007/08, 2012/13, 2013/14, 2015/16, 2016/17, 2017/18;
- Chempionlar ligasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi — 183 ta oʻyin;
- Chempionlar ligasi finalida eng koʻp gʻalaba qozongan futbolchi — 5 bor;
- Uchta Chempionlar ligasi finalida gol urgan yagona futbolchi;
- Chempionlar ligasining ketma-ket 11 uchrashuvida gol urgan yagona;
- 4 ta UYEFAning eng yaxshi futbolchisi uchun sovrini — 2008, 2014, 2016, 2017-yillar;
- UEFA.com tomonidan tanlanadigan yilning eng yaxshi jamoasi tarkibiga 15 bor kiritilgan — 2004, 2007-2020-yillar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring