Krishtianu Ronaldu yana bir rekord oʻrnatdi
Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatlari saralashida eng koʻp gol kiritgan futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” nashri xabar berdi.
Portugaliya terma jamoasining 40 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha, 14-oktyabr kuni Jahon chempionati saralashidan oʻrin olgan Vengriyaga qarshi oʻyinning 22-daqiqasida hisobni tenglashtirdi va birinchi boʻlimga qoʻshimcha berilgan vaqtda jamoasini oldinga olib chiqdi. Bu Ronalduning JCH saralash turnirlaridagi 40- va 41-gollari edi.
Shu tariqa Ronaldu JCH saralash oʻyinlarida gol urish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatdi.
Maʼlumot uchun, bungacha bu boradagi eng yaxshi natija Gvatemala terma jamoasi aʼzosi Karlos Ruisga tegishli edi. Ushbu futbolchi Jahon chempionati saralashlarida 39 ta gol kiritgan.
Solishtirish uchun, Lionel Messining Jahon chempionati saralashlaridagi gollari soni 36 tani tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring