Krishtianu Ronaldu bir uchrashuvda uchta rekord o‘rnatdi
Foto: Reuters
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Yevropadagi terma jamoalarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Ronaldu Qatar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi libosida 181-uchrashuvni o‘tkazdi. Shu tariqa u bu ko‘rsatkich bo‘yicha ispaniyalik Serxio Ramosni quvib o‘tdi.
Terma jamoalarda eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha jahon rekordi malayziyalik Sox Chin Aunga tegishli. U milliy jamoasi sharafini 195 o‘yinda himoya qilgan.
Bundan tashqari, ushbu uchrashuvda u terma jamoadagi gollar soni bo‘yicha ham o‘ziga tegishli jahon rekordini yangiladi. Endi Ronalduning hisobida 181 uchrashuvda raqiblar darvozasiga kiritilgan 112 ta gol bor.
Portugaliya — Qatar o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida portugaliyalik futbolchilar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda Ronaldu 37 daqiqada hisobni ochdi.
Shu tariqa Qatar Ronaldu gol kiritgan 46-jamoa bo‘ldi. Bu ham uning rekordi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring