Kriket sport turi endilikda nogironlar oʻrtasida ham rivojlanadi

00:57 20 Oktyabr 2022 Sport
973 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan kriket sport turini  keng aholi qatlami, xususan, imkoniyati cheklangan insonlar orasida ham ommaviyligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Kriket federatsiyasida Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruvi bilan hamkorlik oʻrnatish maqsadida Memorandum imzolandi.

Ushbu Memorandum Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruv raisi Komil Abdullayev hamda Oʻzbekiston kriket federatsiyasi (raisi Aziz Mixliyev) bosh kotibi Jahongir Murodov oʻrtasida imzolandi. Kelishuvga muvofiq, endi har ikkala tomon birgalikda imkoniyati cheklangan yosh avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni hamda rolini kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, sohaga oid qonun hujjatlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish, nogironligi boʻlgan shaxslarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda hamda jamiyatda ijtimoiylashuvi jarayonini kuchaytirishda ularning ishtirokini kengaytirish sohalarida yaqindan hamkorlik qiladi. Bunda tomonlar quyidagi keltirilgan yoʻnalishdagi vazifalarni amalga oshiradilar:

– Oʻzbekiston Nogironlar jamiyatining “Biz ahil jamoamiz”, «Para kriketchi nogironligi boʻlgan sportchilar zaxirasi bizning oramizda» shiorlari hamda tashabbusini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash;

– imkoniyati cheklangan yosh avlodni sport bilan shugʻullantirish, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, maʼnaviy va jismoniy komillikka intilish zarurligini tushuntirishni shakllantirish, jismoniy tarbiya va kriket oʻyini bilan shugʻullanishni oʻquvchi yoshlarning kundalik turmush tarziga singdirish;

– nogironlarni, ayniqsa, qizlarni jismonan baquvvat, barkamol va sogʻlom boʻlishiga, chiniqishiga, umumiy ish faoliyatining oʻsishiga yordam berish;

– jismoniy tarbiya va kriket oʻyinlariga jalb qilish orqali nogironlarni turli sport oʻyinlari va jismoniy sogʻlomlashtirish mashqlariga qiziqtirish;

– kriket oʻyini bilan muntazam shugʻullanayotgan nogiron yoshlarni aniqlab, ular oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish hamda faol ishtirokiga erishish;

– kriket oʻyini boʻyicha musobaqalarning tizimli oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish, imkoniyati cheklangan yoshlar orasida iqtidorli kriketchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimini yaratish, terma jamoalar tarkibini sifatli shakllantirish uchun yuqori malakali kriketchilar zaxirasining tayyorlanishini takomillashtirish;

– nogironlar orasida respublika birinchiliklari, chempionatlari va kubok  musobaqalari oʻtkazish hamda boshqa ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot etish va barcha nogironlarni faol ishtirokiga erishish hamda xalqaro maydondagi oʻrnini qaror toptirish hamda

kriket sport turini rivojlantirishda tashkilotlarga tegishli boʻlgan muassasalarning sport zallaridan begʻaraz foydalanish kabi bir qator vazifalar boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish nazarda tutilgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?