Kreml Putin va Tramp uchrashuvini tasdiqladi

Arxiv foto
Jahon ommaviy axborot vositalari birinchi sahifalarida Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Tramp oʻrtasidagi boʻlajak uchrashuvni tasdiqlagani haqidagi xabarni chop etdi.
Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, Rossiya va AQSH yaqin kunlarda Putin va Tramp oʻrtasidagi uchrashuv boʻyicha kelishib olgan va hozir uning ustida ish olib borilmoqda. Uning bayonotidan koʻp oʻtmay, boʻlajak uchrashuv haqidagi xabarlar jahonning yetakchi nashrlarining birinchi sahifalarida paydo boʻla boshladi. Xususan, Britaniyaning “Financial Times” gazetasi va “Sky News” telekanali, Fransiyaning “Figaro”, “Monde”, “Parisien” gazetalari va BFMTV telekanali, Germaniyaning “Frankfurter Allgemeine Zeitung”, “Welt” gazetalari va “Tagesschau” portali, Finlyandiyaning “Ilta-Sanomat” va “Helsingin Sanomat” gazetalari, Ispaniyaning “Pais” va “20 minutos” gazetalari ushbu yangiliklarga alohida eʼtibor qaratdilar.
Putin chorshanba kuni Kremlda AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi. Bu joriy yil boshidan beri ularning beshinchi uchrashuvi hisoblanadi. Bungacha siyosatchilar 11-fevral, 13-mart, 11 va 25-aprel kunlari Moskva va Sankt-Peterburgda muloqot qilgan edi.
AQSH Stiv Uitkoffning Moskvaga tashrifini yaxshi va Rossiya rasmiylarining muloqotni davom ettirishga tayyorligidan dalolat deb hisobladi. Xususan, Donald Tramp shaxsan oʻzi maxsus vakili Putin bilan juda samarali uchrashuv oʻtkazganini taʼkidladi.
Putin va Uitkoff uchrashuvi natijalarini birinchi boʻlib Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi rahbari, muzokaralar jarayonida faol ishtirok etayotgan Kirill Dmitriyev izohladi. Uning aytishicha, konstruktiv muloqot davom etadi.
Yuriy Ushakovning soʻzlariga koʻra, Putin va Uitkoff birinchi navbatda Ukrainadagi mojaro, shuningdek, Rossiya va AQSH oʻrtasidagi strategik hamkorlikning ehtimoliy rivojlanishi istiqbollarini muhokama qilgan.
Uchrashuv qayerda oʻtkaziladi?
“The Guardian” gazetasining yozishicha, Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “hibsga olish” boʻyicha orderi uning AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuvini tashkil qilish uchun mos davlatlar sonini cheklaydi.
Nashrning qayd etishicha, Putin va Tramp oʻrtasidagi oldingi uchrashuv 2018-yilda boʻlib oʻtgan Xelsinkida muzokaralar olib borishning iloji yoʻq.
Chunki Finlyandiya Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilgan 125 davlatdan biri hisoblanadi. Xuddi shu sababga koʻra, Sovuq urush davrida SSSR va AQSH rahbarlarining sammitlariga mezbonlik qilgan Shveysariya, Avstriya, Islandiya, Malta, Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar hisobga olinmaydi.
Gazeta, shuningdek, uchrashuv Potsdam, Yalta yoki Ikkinchi jahon urushi davrida Gitlerga qarshi koalitsiya davlatlari yetakchilarining konferensiyalari oʻtkazilgan Tehronda boʻlib oʻtishi ehtimolini ham juda past, deb hisoblaydi.
“Bu Rossiya va Ukraina oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtgan Saudiya Arabistoni yoki Turkiyada sammit tashkil etishni anglatishi mumkin. Yana bir variant Vengriya boʻlishi mumkin. Chunki uning bosh vaziri Viktor Orban ham Trampga, ham Putinga yaqin boʻlib, avvalroq oʻz mamlakati Xalqaro jinoiy suddan chiqish niyatini eʼlon qilgan edi”, — deyiladi gazeta maqolasida.
Rossiya prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, tomonlar muzokaralar oʻtkazish joyi haqida ham kelishib olgan, biroq bu haqda keyinroq eʼlon qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring