Kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish holatlari aniqlandi

12:15 21 Iyun 2023 Jamiyat
315 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi va Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Z.M.» MCHJ rahbari Q.K. hududiy tijorat banki filiallaridan ajratilgan 2,9 mlrd soʻm va “M.M.” oilaviy korxonasi rahbari A.I. 480 mln soʻm kredit mablagʻlari evaziga shartnomada belgilangan qurilish materiallarini xarid qilmasdan hamda maishiy xizmat koʻrsatish binosini qurmasdan, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Shovot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.N.» fermer xoʻjaligini norasmiy boshqarib kelgan O.N. va boshqalar 5 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan 156,1 mln soʻm imtiyozli kredit evaziga taʼminotchi korxona sifatida mahsulotlarni yetkazib bermasdan hujjatlarni qalbakilashtirish yoʻli bilan ushbu mablagʻlarni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?