Rossiyada tadbirkorlarimiz uchun savdo majmuasi faoliyatini boshladi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Hozirgi paytda Fargʻona viloyatining qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlari dunyodagi 50 dan ziyod mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Aynan meva-sabzavotlar eksporti borasida Fargʻona viloyati respublikamizda yetakchi hududlar sirasiga kiradi. Xususan, mazkur yoʻnalishda Rossiya, MDH davlatlari salmoqli ulushga ega boʻlib, keyingi yillarda hamkorlik koʻlami va miqyosini yanada kengaytirib borish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Fargʻona viloyatida kelgusi besh yilda eksport koʻrsatkichlari hajmini 3 barobarga oshirish hamda 14,5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilayotgani bu boradagi ishlar bardavom ekanidan dalolatdir.
Ezgu tashabbuslar doirasida shu kunlarda Rossiyaning Novosibirsk shahrida “Aziya-Sibir” savdo majmuasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Bu mamlakatimiz, shu bilan birga hududlar eksport salohiyatini yanada oshirish va kengaytirishga xizmat qiladi.
Yangi bozorning umumiy maydoni salkam 130 ming kv.metrga teng boʻlib, bu majmuada 30 ta muzlatgich, meva-sabzavotlarni vaqtincha saqlash omborlari, raf-konteynerlar, mehmonxona hamda ovqatlanish shoxobchasi mavjud. Shu tariqa oʻtgan yilning may oyida mamlakatimiz delegatsiyasining ushbu yurtga tashrifi chogʻi maydoni bundan bir necha barobar kichik, qarovsiz ahvolda boʻlgan ulgurji-chakana savdo markazi faoliyati oʻrganilib, eksportyorlarimizga munosib sharoitlar yaratish maqsadida keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borildi.

— Zamonaviy mezonlar asosida barpo etilgan ulgurji savdo majmuasi tadbirkorlarimizga qulay va xavfsiz ishlash, ishonchli va uzoq muddatga moʻljallangan hamkorlar topish imkonini beradi, — deydi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Eldor Tursunqulov. — Ishonamizki, yangi bozor yangi xaridorlar bilan manfaatli aloqalarni yoʻlga qoʻyish, mahsulotni tashish, sifatli saqlash hamda doimiy ravishda Rossiyaning brend savdo tarmoqlarini kerakli mahsulotlar bilan taʼminlashda qoʻl keladi.
Shu kunlarda Fargʻona viloyati delegatsiyasining Rossiyaga amaliy tashrifi davom etmoqda.
Aytish joiz, “Aziya-Sibir” savdo majmuasining ochilish marosimida Fargʻona viloyati delegatsiyasi ham ishtirok etib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti boʻyicha istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring