“Ko'zimni yashnatib kiyibsiz atlas”

Ko'hna Buxoroning Nodir Devonbegi madrasasi oldida “Muhayyo, Surayyo, Ra'no, Muqaddas, Ko'zimni yashnatib kiyibsiz atlas” naqoratli mashhur qo'shiq yangraganida xorijiy sayyohlar ham miriqib raqsga tushdi. Bu yerda an'anaviy “Xon atlas” festivali bo'lib o'tdi.
— “Atlas ko'p qadimiy nafis matodir, U sizdek suluvlar uchun atodir”, deya yozgandi ushbu qo'shiq muallifi, o'tgan asrning 50-60-yillarida barakali ijod qilgan shoir Xayriddin Saloh, — deydi hamkasbimiz, mehnat faxriysi Zuhra Qurbonova. — Atlasning shoirni ilhomlantirganicha bor. Atlas, adras kabi milliy matolarimiz o'zining yorqin ranglari, go'zal naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag'ishlaydi. Ularda elimizning boy tarixi, ajoyib urf-odatlari, yuksak didi mujassam. Bunday matolardan tayyorlangan liboslar qizlarimiz, ayollarimizga juda yarashadi. Qolaversa, ular ekologik tozaligi bilan ham ajralib turadi.
Festivalning ochilish marosimida so'z olganlar ipakdan tayyorlangan matolar, jumladan, atlasning afzal jihatlari xususida to'xtalib, uning milliyligimizni anglatib turishdagi o'rni katta ekanligini ta'kidladi. Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi Buxoro shahar bo'limi hamda Buxoro davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbir doirasida badiiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Milliy liboslar targ'ib qilindi.
Istam IBROHIMOV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring