Koul Palmer barmogʻini sindirib oldi
“Chelsi” klubining asosiy yetakchilaridan biri Koul Palmer jarohat oldi. Bu haqda Sports.ru sayti xabar bermoqda.
Manbada yozilishicha, futbolchi oʻyinda ham, mashgʻulotlarda ham jarohat olgan emas. U oʻz uyida ehtiyotsizligi sababdan barmogʻini sindirib olgan.
Futbolchining kamida 2 hafta maydonga tusha olmasligi aytilmoqda. Maʼlumot uchun, “Chelsi” klubi 26-noyabr kuni Yevropa chempionatlar ligasi doirasida “Barselona”ga qarshi, 30-noyabr kuni esa APL doirasida “Arsenal”ga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Palmer ushbu muhim oʻyinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib oʻtamiz, futbolchi ushbu mavsum “aristokratlar” tarkibida jami musobaqalarda 4 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring