Kosonsoylik sportchilar “Humo Arena”da maydonga tushadilar
Foto: “Xalq soʻzi”
Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi oldidan sportning shotakan karate-do turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi. Shu yilning 8-10-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi “Humo Arena“ majmuasida sportning mazkur turi boʻyicha oʻtkaziladigan jahon chempionatiga nomzodlarni saralovchi bellashuvda maydonga tushdilar.
Nufuzli chempionatda qatnashishga munosib nomzodlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan musobaqa aynan Kosonsoyda oʻtkazilgani bejiz emas. Tumanda shotakan karae-do boʻyicha alohida klub tashkil etilgan boʻlib, sportning ushbu turini ommalashtirish boʻyicha ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu galgi musobaqalarda 5-18 va undan yuqori yosh toifalarida Toshkent, Xorazm, Samarqand, Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlaridan 300 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.
Murosasiz oʻtgan bellashuvlarda mahorat oʻz soʻzini aytdi. Musobaqa yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida birinchi oʻrin mezbon – Kosonsoy tumani jamoasiga nasib etdi. Keyingi faxrli oʻrinlarni Andijon viloyatining Shahrixon tumani hamda Toshkent viloyati Qibray tumani karatechilari egalladilar.
Musobaqaning mutlaq gʻolibi boʻlgan jamoaga Kosonsoy tuman hokimi kubogi, shuningdek, shohsupaning yuqori pogʻonasidan joy olgan sportchilarga medal, diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring