Korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallalarda ekanligi aytildi
Korrupsiyaviy jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallada maishiy korrupsiya shaklida sodir etilayotgani qayd etildi. Masalan, infratuzilmaga ulanish, litsenziya olish, imtiyozli kredit ajratish, ishga qabul qilish, malaka oshirish kabi yoʻnalishlarda korrupsiya omillari koʻp.
Tergovchi, prokuror va sudyalar qoʻlidagi ish boʻyicha idoralarga taqdimnoma va xususiy ajrim kiritishdan nariga oʻtmayotgani, ularning muhokamasi ham, javobi ham quruq rasmiyatchilik ekani koʻrsatib oʻtildi.
Viloyat hokimlari rahbar boʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining ishi ham juda sustligi, faoliyati tuman, mahalla bilan bogʻlanmagani uchun natija yoʻqligi qayd etildi. Parlament masʼul qoʻmitalarining ham oʻrni sezilmayotgani aytildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari tarkibini toʻliq yangilash, ularga rais etib viloyat xalq deputatlari kengashi raislarini tayinlash taklif etildi.
Hududiy kengashlar insongacha tushib, korrupsiyaviy omillarni aniqlashi, ularga barham berish uchun qaysi qonunni oʻzgartirish zarur, degan savollarga javob topishi kerakligi taʼkidlandi.
Kengashlar har chorakda kamida bitta sohada korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish, qonun ustuvorligi, jazo muqarrarligini taʼminlash boʻyicha Milliy kengashga taklif kiritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring