Koronavirusga qarshi “Moderna" vaksinasi haqida batafsil maʼlumot berildi

16:20 02 Avgust 2021 Jamiyat
6274 0

Vaksina haqida umumiy maʼlumotlar berildi.

  • Vaksina: mRNK-vaksinasi, 7 ml suspenziyani oʻz ichiga olgan koʻp dozali flakon, 14 doza vaksina
  • Vaksina 18 yoshdan katta boʻlgan barcha shaxslar uchun qoʻllanilishi mumkin
  • Emlash jadvali: Vaksina ikki dozada qilinadi. Birinchi va ikkinchisi orasida kamida 28 kunlik interval boʻlishi kerak
  • Qabul qilish usuli va joyi: mushak ichiga yelkaning deltoid mushaklariga 0,5 ml yuboriladi.

Vaksinani saqlash sharoitlari va saqlash muddati

Vaksinaning saqlash muddati:

  • 7 oy davomida -25 °C dan -15 °C gacha;
  • 30 kungacha +2 ° C dan +8 ° C gacha.
  • Ochilgan flakonlar:
  • ▫️6 soatgacha +2 ° C dan +25 ° C gacha saqlash mumkin.
  • Quyosh nurlari va ultrabinafsha nurlar taʼsiridan saqlash;
  • Quruq muzda yoki -40 ° C dan pastroq joyda saqlamaslik zarur.

Emlash uchun tayyorgarlik

  • Vaksinani yuborish uchun bir marotaba ishlatiladigan shpris (0,5 dan 2 ml gacha);
  • Steril bir martalik antiseptik salfetkalar;
  • Ishlatilgan oʻtkir va asboblarni saqlash uchun idish;
  • Oʻtkir anafilaktik reaksiya boʻlganida dorilar bilan birinchi yordam toʻplamlari;
  • Tibbiy xodimlar uchun shaxsiy himoya vositalari (xalatlar; qoʻlqoplar; tibbiy niqob, yuz pardasi, koʻzoynaklar) infeksiyalarning oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha milliy koʻrsatmalarga muvofiq;
  • Qoʻllarning gigiyenasi (qoʻllarni spirt bilan ishqalash yoki qoʻllarni sovun va suv bilan yuvish) va sirtni tozalash vositalari.

Muzlatilgan vaksinani eritish

  • Muzlatilgan vaksina idishlarini muzlatgichda yoki xona haroratida eritish mumkin.
  • Izoh: Muzdan tushirish sanasini yorliqqa yozib qoʻying. Eritilgan vaksinani qayta muzlatmang.
  • Muzlatgichda muzdan tushirish (+2 ° C dan +8 ° C gacha) 2 soat 30 daqiqa davom etishi mumkin.
  • Xona haroratida (+15 ° C dan +25 ° C gacha) muzdan tushirish 1 soat davom etishi mumkin.

Emlashga qarshi koʻrsatmalar va ehtiyot choralari

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

  • Vaksinaning har qanday tarkibiy qismiga avvalgi anafilaktik reaksiya. Agar birinchi dozadan keyin anafilaksiya yuzaga kelsa, emlovning ikkinchi dozasi kiritilmasligi kerak.
  • Ehtiyot choralari:
  • Boshqa har qanday vaksinaga qarshi anafilaktik reaksiya tarixi, inyeksiya terapiyasi yoki ushbu vaksinaning birinchi dozasi (ushbu vaksina bemor uchun xavf va foydasi baholangan taqdirda, tibbiyot nazorati ostida qoʻllanilishi mumkin).
  • Isitma bilan oʻtkir kasallik (tana harorati > 38,5 ° C dan yuqori)
  • Antikoagulyant terapiya bilan shugʻullanadigan odamlarda, trombopeniya bilan ogʻrigan yoki qon ivishi buzilgan odamlarda (masalan, gemofiliya), chunki mushak ichiga yuborilgandan keyin qon ketishi yoki gematomalar rivojlanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер