Koronavirusga chalingan 36 yoshli hokim vafot etdi
Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonlikoʻl tumani hokimi Daulet Ayapbergenovich Tolibayev olamdan oʻtdi.
OʻzA muxbirining aniqlik kiritishicha, D.Tolibayev bir necha kun oldin koronavirusga chalinib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Biroq, koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor vafot etdi.
D.Tolibayev 1983-yil 18-oktyabrda Nukus shahrida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2004-yilida boshlab, uzoq yillar irrigatsiya sohasida turli tashkilotlarda, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
D.Tolibayev 2019-yildan buyon Qonlikoʻl tumani hokimi edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring