Koronavirus koʻrish qobiliyatining pasayishiga sabab boʻlishi mumkin
Derbidagi qirollik shifoxonasi shifokorlari COVID-19 asorati sifatida doimiy kortikal koʻrlikning birinchi holati haqida xabar berishdi. Infeksiya turli xil nevrologik alomatlarni keltirib chiqarishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, ensefalopatiya, meningit, hid va taʼm sezgisi buzilishiga olib kelishi maʼlum boʻldi.
COVID-19 bilan kasallangan 54 yoshli bemorda doimiy kortikal koʻrlik paydo boʻldi va miya shikastlanishi tufayli koʻrish qobiliyati yoʻqoldi.
Bemorning ahvoli asta-sekin barqarorlashib, vaqt oʻtishi bilan u shakl va ranglarni taniy boshladi, ammo koʻrish qobiliyati toʻliq tiklanmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring