Koronavirus: Xitoy iqtisodi yana oʻsishni boshladi, ammo qanday qilib?

Xitoy iqtisodi rekord pasayishdan soʻng joriy yilning ikkinchi choragida 3,2 foizga oʻsgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Dunyoning ikkinchi iqtisodi boʻlgan Xitoyda koronavirus sabab karantin amal qilgan birinchi chorakda oʻsish surʼati keskin tushib ketgan edi. Ammo shu hafta eʼlon qilingan yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmiga doir raqamlar Xitoy iqtisodi aprel — iyun oylarida yana oʻsishni boshlaganini koʻrsatyapti. Xitoy oʻz iqtisodini qaytadan ishga tushirarkan, dunyo ushbu raqamlarni yaqindan kuzatmoqda. Oxirgi raqamlar ekspertlar bashorat qilganidan kattaroq. Bu Xitoy amalda texnik retsessiya sifatida bilingan ketma-ket ikki chorakdagi negativ oʻsishni chetlab oʻtishini anglatadi.
Joriy yilning ilk choragida Xitoydagi iqtisodiy oʻsish surʼati 6.8 foizga tushgan, bu yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash boshlanganidan buyon eng katta tushish boʻlgan. Xitoy virusni jilovlash maqsadida qattiq choralarga koʻl urarkan, koʻpgina fabrika va bizneslar yopilib qolgan. Hukumat iqtisodni jonlantirish uchun qator choralar koʻrgan, jumladan, soliq imtiyozlari bergan.
Manbaning yozishicha, hozirda Xitoydagi fabrikalar jonlanib qolgan, hukumat eʼlon qilgan choralar ish berayotir. Ammo chakana savdo Xitoy hukumati umid qilganichalik jonlanmayapti. Chakana savdo raqamlari ikkinchi chorakda ham tushgan, odamlarni pul sarflashga undash oson boʻlmayapti. Iqtisod qaytadan oyoqqa turishni boshlarkan, AQSH bilan keskinlik ham, ayniqsa, Gongkong masalasida ortmoqda.
May oyida Xitoy koronavirus bois 2020-yil uchun iqtisodiy oʻsish moʻljalini eʼlon qilmasligini aytgan edi. Xitoy 1990-yildan buyon birinchi marta oʻzi uchun yalpi ichki mahsulot oʻsish rejasini eʼlon qilmagan.
Xitoy milliy statistika idorasiga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatda iqtisodiy oʻsish surʼati 1,6 foizga pasaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring