Koronavirus: Ketma-ket pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, ammo...

12:26 13 Aprel 2022 Dunyo
853 0

Dunyoda ketma-ket uch hafta davomida koronavirus bilan kasallanish koʻrsatkichlari pasaymoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti shunga doir navbatdagi hisobotini eʼlon qildi.

Unda keltirilishicha, 4-10-aprel sanalarida 7,2 million nafardan ziyod bemor SOVID-19ni yuqtirgan. Bu avvalgi haftaga nisbatan 24 foiz kam koʻrsatkichdir.

Shuningdek, mazkur xastalikdan vafot etganlar soni 18 foizga kamayib, 22,3 mingdan ortiq kishi infeksiya asoratlaridan vafot etdi.

JSST tahliliga koʻra, kasallanish holatlarining sezilarli kamayishi Amerika va Yevropa qitʼalarida qayd etilgan — 26 foiz. Oʻlim darajasining keskin pasayishi esa Afrikada kuzatildi — 73 foiz.

Shunga qaramay, jahonda hali pandemiya toʻliq ortga chekingani yoʻq. Jumladan, baʼzi mamlakatlarda “omikron” shtammi va uning turli subvariantlari keng tarqalmoqda.

Oqibatda Koreya Respublikasi, Germaniya, Fransiya, Vyetnam, Italiya, Xitoy singari qator davlatlarda bemorlar soni kun sayin ortib boryapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?