Koronavirus: kecha yurtimiz boʻyicha faqat poytaxtda 4 kishida kasallik aniqlandi

10:00 11 May 2022 Jamiyat
721 0

2022-yil 10-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 238747 (+4) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

— Toshkent viloyatida 2 nafar,

— Toshkent shahrida 3 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 236862 (+5) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?